Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiyning ishi sudda ko‘rilmoqda

Zelenskiyning ishi sudda ko‘rilmoqda

Foto:«Golos Ameriki»

Joriy yilda Ukrainadagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Vladimir Zelenskiy Kiyevning Obolon tumani sudiga chaqirildi. Bu haqda Ukrainaning «Fakti» nashri yozdi.

Zelenskiy Ukraina ma’muriy huquqbuzarlik kodeksining 212-10 moddasi ya’ni mavjud saylov qonunchiligini buzishda ayblanmoqda. U saylov qog‘ozini jurnalistlarga ko‘rsatib, o‘ziga ovoz berganini bildirgandi. Qonunchilikka ko‘ra, ovoz berish yashirin bo‘lishi kerak. 

Bo‘lajak prezident endi jarima to‘lashga yaqin turibdi. 

Avvalroq, Vladimir Zelenskiy «1+1» telekanalida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan bog‘liq lavha uchun butun musulmon ahlidan uzr so‘ragandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring