Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiyning uyi yaqinida pulemyot bilan qurollangan guruh qo‘lga olindi

Zelenskiyning uyi yaqinida pulemyot bilan qurollangan guruh qo‘lga olindi

Foto: «RIA Novosti»

Ukrainaning Kiyev oblasti, Ivankovichi qishlog‘idagi uylardan biri yaqinida bir guruh qurollangan shaxslar qo‘lga olindi. Ukraina davlat elektron deklaratsiyalar yagona reyestri ma’lumotlariga qaraganda ushbu uy Ukraina prezidentligiga nomzodini qo‘ygan Vladimir Zelenskiyga tegishlidir.

Xabar qilinishicha, noma’lum shaxslar avtomobilning orqa o‘rindig‘iga DShK pulemyotini o‘rnatib olishgan va o‘rmonda bekinib, payt poylab turishgan. Ularning barchasi Ukraina politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan.

Tergovda aytilishicha, qurollangan shaxslar «qasd olish maqsadida qotillik qilish»ga tayyorlanayotgan bo‘lgan.

O‘z navbatida bosh prokuror Yuriy Lutsenkoning ta’kidlashicha, qurollangan shaxslar Lvov shahrida istiqomat qiladigan jinoyat olamida taniqli bo‘lgan odamni kutayotgan bo‘lgan. Ularning Vladimir Zelenskiyga hech qanday aloqasi bo‘ lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring