Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda XEIning hududiy seminari o‘z ishini boshladi

Toshkentda XEIning hududiy seminari o‘z ishini boshladi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 10-iyun kuni Toshkentda Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI)ning MDH va qo‘shni davlatlar uchun radioaloqa bo‘yicha 5 kunlik hududiy seminari o‘z ishini boshladi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Seminar XEI tomonidan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda. XEI shafeligidagi mazkur mavzuga bag‘ishlangan seminar respublikamizda oxirgi marta 2010-yilda bo‘lib o‘tgan.

Seminarning asosiy maqsadi mazkur yo‘nalishda tajriba almashish va ushbu spektrni xalqaro miqyosda tartibga solish hamda radiochastota spektri va yo‘ldoshli orbitalardan foydalanishning samaradorligini oshirish bo‘yicha XEI ma’lumotlariga ega bo‘lishdan iborat.

Foto: «Mitc.uz»

Seminar ishida Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi, shuningdek, Aloqa sohasidagi Hududiy hamdo‘stlikning Ijroiya qo‘mitasi, XEIning Radioaloqa byurosi mansabdor shaxslari va mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Tadbirda, shuningdek, O‘zbekistondan radiochastota spektri masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari, muassasalar, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mutaxassislari ham qatnashmoqda.

Seminar doirasida XEI ekspertlari tomonidan chastotalarni o‘zlashtirish yuzasidan ariza topshirish, tekshirish va imtihondan o‘tkazishda qo‘llaniladigan va mamlakatlarning aloqa ma’muriyatlari tomonidan XEIning Radioaloqa byurosiga yuboriladigan XEI Radioaloqa byurosi dasturiy ta’minotidan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Tadbir doirasida xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, «Spektrdan foydalanishni boshqarishdagi tendensiyalar va yangi radioaloqa texnologiyalari» mavzuida forum o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring