Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda 263 million so‘mlik qo‘lbola alkogol savdosi to‘xtatib qolindi

Nukusda 263 million so‘mlik qo‘lbola alkogol savdosi to‘xtatib qolindi

Foto:«24 Kanal»

Nukus shahrida istiqomat qiluvchi Q.Q. shu kungacha o‘z uyida noqonuniy ravishda davlat ro‘yhatidan o‘tmasdan savdo faoliyatini yuritib kelgani ma’lum bo‘ldi. Nazorat tadbirida fuqaroga tegishli bo‘lgan qo‘lbola har xil o‘lchamdagi 27 ming 547 dona, jami bahosi 263 million 619 ming 500 so‘mlik alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tadbirkorning savdo do‘konida esa alkogol mahsulotlari sotib kelinganligi aniqlanib, jami bahosi 59 million 592 ming 500 so‘mlik ya’ni, 3310 dona alkogol mahsuloti vaqtincha saqlash uchun rasmiylashtirilib olingan.

Shuningdek, tadbir davomida Nauxan Bag‘ ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro K.U. ning davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan savdo-sotiq ishlarini yuritib kelganligi ma’lum bo‘ldi. Fuqaroga tegishli bo‘lgan jami bahosi 1 million 40 ming so‘mlik qo‘l bola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olindi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring