Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chery avtomobillari Euro 5 va Euro 6 xalqaro ekologik standartlariga javob beradi

Chery avtomobillari Euro 5 va Euro 6 xalqaro ekologik standartlariga javob beradi

Avtomobillarning benzinli dvigatellari atmosferaga zararli moddalar chiqaradi. Yevropa Ittifoqi sayyoramizni himoya qilish va havo sifatini yaxshilash maqsadida Euro 5 va Euro 6 kabi qat’iy avtomobil standartlarini ishlab chiqqan. Chery avtomobillari ushbu standartlarga javob berishi tufayli atmosferaning ifloslanishini kamaytirishga va havo sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Euro 5 yangi avtomobillar, jumladan, yengil avtomobillar, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun chiqindi gazlar chiqarilishi bo‘yicha chegaraviy qiymatlarni belgilab beradi. Uning asosiy maqsadi azot oksidlari (NOx) chiqarilishini kamaytirishdir. Euro 6 esa, o‘z navbatida, zararli moddalar chiqarilishi bo‘yicha yanada qattiyroq talablarni belgilaydi. Ushbu standartga javob beradigan yangi avtomobillar, azot oksidi (NOx) va uglevodorodlar (HC) chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirishi zarur. Bunda chiqindi gazlarni katalizatorlar yordamida tozalash tizimlari kabi yangi texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi.

Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi xaridorlarga Cheryning Euro 5 ekologik sinfiga mansub bo‘lgan – ARRIZO 6 PRO (1,5 l.) va TIGGO 8 PRO (1,6 l.) benzinli avtomobillarini hamda Euro 6 ekologik sinfiga mansub – TIGGO 7 PRO (1,5 l.), TIGGO 8 PRO MAX (2,0 l.) avtomobillarini taqdim etadi. Ushbu modellar yonilg‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri silindrlarga purkalishini ta’minlovchi va oraliq sovitilishli turbojadallashtirgichlar bilan jihozlangan.

Biroq shuni ta’kidlash kerakki, ekologik standartlarni qo‘llash nafaqat avtomobil ishlab chiqaruvchilardan, balki avtomobil sohiblarining o‘zlaridan ham sa’y-harakatlarni talab qiladi. Avtomobilingizning holatini kuzatish, texnik xizmat ko‘rsatilishdan muntazam ravishda o‘tkazish va yuqori sifatli yoqilg‘idan foydalanish o‘ta muhimdir.

Shunday qilib, Euro 5 va Euro 6 ekologik standartlari atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashning ajralmas qismidir. Ular barchamiz uchun tozaroq va sog‘lom kelajak yaratishga yordamlashadilar. Shuning uchun, avtomobil tanlashda, uning ushbu standartlarga muvofiqligiga e’tibor qatishni unutmang.

Chery Uzbekistan dilerlik markazlari mavjud avtomobil modellarini sinash uchun noyob imkoniyatni taqdim etadilar! Test-drayv o‘tkazish uchun talabnomani o‘zingizga qulay bo‘lgan usulda: ishonch tezkor axborot liniyasi telefon raqami orqali yoki veb-saytdagi shaklni to‘ldirish yoki Telegram boti orqali qoldirish kifoya.

Chery Uzbekistanning rasmiy sahifalari:

Tezkor aloqa liniyasi: +998 71 276 55 55

Website: https://cheryauto.uz

Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/

Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan

Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot

Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan

YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring