Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Damas»dan «Tahoe»gacha: Qozog‘istonda mashina narxi qancha? (ro‘yxat)

«Damas»dan «Tahoe»gacha: Qozog‘istonda mashina narxi qancha? (ro‘yxat)

Qozog‘istonda yangi mashinalar qimmatlashishni boshladi. Bir nechta distribyuterlar birvarakayiga narxlarni oshirdi, deb yozdi «Kolesa.kz».

Xabarda aytilishicha, fevral oxiridan buyon kuzatilayotgan tenge kursining dollarga nisbatan pasayishi yangi mashinalarning narxlarida aksini topyapti. Ayrim mashinalar 100 ming tengega, boshqa birlari esa bir necha milliongacha qimmatlashgan.

Masalan, Toyota mashinalari. Oddiy (motori 2 litr) Camry sedani endi 14,9 million tengega sotilyapti — oldingi narxi 13,4 mln. tenge edi (+10,9foiz qimmatlagan).

Xuddi shu mashinalarining «lyuks»lari (V6 3.5) 22,9 milliondan 25,5 million tengega (+10,9 foiz) qimmatlagan.

Bizga esa Chevrolet ning narxlari qiziqroq. Xabarda aytilishicha, oddiy Spark endi avvalgidek 5 million emas, balki 5,7 million tengedan sotilyapti. Komplektatsiyasiga qarab, Cobalt va Nexia narxiga ham 700–800 mingdan «mingan».

Malibu, Equinox, Trailblazer va Tahoe narxlari o‘zgartirilmagan, deyiladi xabarda.

Chevrolet-auto.kz saytida mashinalarning narxlari
(tengeda hisoblangan)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring