Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onlayn-auksion savdolari orqali qimmatbaho va noyob avtomobillar sotilmoqda

Onlayn-auksion savdolari orqali qimmatbaho va noyob avtomobillar sotilmoqda

Endilikda «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolari orqali qimmatbaho va noyob rusumli transport vositalari ham sotilmoqda.

Jumladan, onlayn-auksionda «M-103»  rusumli avtomobilning baholangan narxi 648 million 483 ming 546 so‘mga teng qiymatni tashkil etmoqda. Avtomobilning texnik holati yaroqli, gaz uskunasi yo‘q. Auksionning o‘tkazilish vaqti 24.09.2019 09:00 dan 18:00 gacha bo‘lib, arizalar qabul qilinishi 22.09.2019 13:00 da yakunlanadi. Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tuman MIB.

Shuningdek, onlayn-auksion savdolariga «BMW 511»  avtomobili baholangan narxi 527 million 593 ming 963 so‘m bilan qo‘yilmoqda. Avtotransport texnik holati yaroqli, gaz uskunasi yo‘q. Auksionning o‘tkazilish vaqti 24.09.2019 09:00 dan 18:00 gacha bo‘lib, arizalar qabul qilinishi 22.09.2019 13:00 da yakunlanadi. Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tuman MIB.

Eslatib o‘tamiz, yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yilgan ob’yektlar xususidagi eng so‘nggi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring