Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamli hukumat markazi va BYD o‘rtasida shartnoma imzolandi

Raqamli hukumat markazi va BYD o‘rtasida shartnoma imzolandi

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi «Bir makon, bir yo‘l» forumi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Qayd etilishicha, 17 oktyabr kuni «Raqamli  hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasi direktori A.Muxitdinov Xitoy Xalq Respublikasining «BYD Auto Industry Co., Ltd» kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, «Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi» va «BYD Auto Industry Co., Ltd» o‘rtasida «Elektron hukumat» tizimining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Ushbu shartnomada O‘zbekiston Respublikasi hududida «BYD Auto Industry Co., Ltd» tomonidan sotiladigan avtomashinalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalari va avtomobillardagi yordamchi assistent hamda aktual dasturiy ta’minotlarni doimiy ravishda yangilab borish ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring