Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyaga Chevrolet Captiva parallel import yo‘li bilan yetkaziladi

Rossiyaga Chevrolet Captiva parallel import yo‘li bilan yetkaziladi

Foto: Autonews.ru

Rossiyalik dilerlar parallel import yo‘li bilan Birlashgan Arab Amirliklaridan keltiriladigan Chevrolet Captiva krossverlariga buyurtma qabul qilishni boshlashdi. Bu mashinalar 2022-yilning dekabr oyida sotuvda paydo bo‘ladi, deb yozdi Autonews.ru.

Avtomobillar yagona komplektatsiyada 1,5 litrli, 149 ot kuchiga dvigatel va oldi tortuvchi tizim bilan taqdim etiladi. Chevrolet Captiva bazaviy ta’minotiga o‘g‘irlashga qarshi tizim, ABS, kruiz-nazorat, parktroniklar, doiraviy ko‘rish kamerasi, oynalarni isitish kabilar kiradi. Shuningdek, masofadan motorni o‘t oldirish, multimedia tizimi, haydovchi o‘rindig‘ini elektron boshqarish kabi funksiyalari bor.

Ta’kidlanishicha, Amirliklardan parallel import yo‘li bilan keltiriladigan Chevrolet Captiva va Rossiyada avval sotilgan «Kaptiva»lar umuman boshqa-boshqa mashinalar. Endigisi Xitoyda SAIC-GM-Wuling qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, nomi aslida Baojun 530 bo‘lgan, shunchaki emblemasi almashtirilib, «Kaptiva»ga aylantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida General Motors AQSh qo‘llagan va boshqa xalqaro sanksiyalar oqibatida Rossiyadan butunlay chiqib ketishini e’lon qilgandi.

Xabarda aytilishicha, GM litsenziyasi asosida O‘zbekistonda yig‘iluvchi Chevrolet ommaviy modellarini shu yilning 9-martidan Rossiyaga yetkazish to‘xtatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring