Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UzAuto Motors yuzga yaqin avtomobilini zavodga qaytaradi

UzAuto Motors yuzga yaqin avtomobilini zavodga qaytaradi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentdagi Texnopark hududiga yaqin joylashgan maydonda Chevrolet avtomobillari saqlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Holatga UzAuto Motors kompaniyasi rasmiy munosabat bildirdi.

«Haqiqatdan ham, ko‘rsatilgan hudud UzAuto Motors’da ishlab chiqarilgan mahsulotlarni vaqtincha saqlash joyi bo‘lib, ular turli xil sabablarga ko‘ra chaqiruv kompaniyasi tomonidan qaytarib olingan. Ayni damda omborda 100 ga yaqin Chevrolet avtomobillari yig‘ilgan bo‘lib, ular bosqichma-bosqich o‘zgartirishlar kiritish uchun zavodga yuborilmoqda.

Biz ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xavfsizligi va sifati standartini ta’minlash uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Bu o‘z navbatida muammolarni har tomonlama nazoratga olishni va aniqlanganlarni tuzatishni o‘z ichiga oladi», deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring