Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Waymo»ning robomobillari atrofni qanday «ko‘z» bilan ko‘radi (video)

«Waymo»ning robomobillari atrofni qanday «ko‘z» bilan ko‘radi (video)

«Waymo» atrofni qanday «ko‘z» bilan ko‘radi.

Foto: «Hi-News»

Haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan «Waymo» kompaniyasi «avtopilot» rejimi ishlaydigan robotlarning ishi tasvirlangan yangi videoni taqdim etdi, deb xabar berdi «Hi-News».

«YouTube» tarmog‘iga joylashtirilgan videoga ko‘ra, robotlar «avtopilot» boshqaruv uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qanday yig‘ib olishi tasvirlangan. Videoning asosiy qahramoni — «Waymo» ixtirochilari o‘zlarining haydovchisiz boshqariladigan texnologiyalarini sinovdan o‘tkazayotgan gibrid miniven hisoblanadi. Kompaniya tomoshabinlarni «Pacifica Hybrid» orqali «sayr» qilgan holda, atrofni «o‘z ko‘zlaringiz» bilan tomosha qilishga taklif etadi.

«Waymo» haydovchisiz boshqariladigan texnologiyalar ustida besh yildan buyon ish olib boradi. Bu vaqt ichida kompaniya mutaxassislari tomonidan yarartilgan «avtopilot» jami 8 million kilometrdan ortiqroq masofani bosib o‘tdi va mashg‘ulotlarni hamon davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring