Bir necha hududda qor ko‘chish xavfi elon qilindi
Joriy yil 24-25 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinmoqda.
Jumladan:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari).
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
26-27 fevral kunlari esa:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida.
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida.
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida.
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida.
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari).
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
O‘zgidromet, shuningdek, tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘ramoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter