Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Havodagi shtab”ga aylangan birinchi bort, forum ortidagi diplomatiya (foto)

“Havodagi shtab”ga aylangan birinchi bort, forum ortidagi diplomatiya (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari uchun yirik xalqaro forumlarda ishtirok etish nafaqat global kun tartibini muhokama qilish, balki hamkasblar bilan ikki tomonlama masalalar yuzasidan samarali fikr almashish imkoniyatini ham yaratadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Jumladan, Tinchlik kengashining birinchi sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda ishtirok etgan deyarli barcha delegatsiyalar rahbarlari bilan muloqot qilgan. Uchrashuvlar chog‘ida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy va global xavfsizlik, iqtisodiy sheriklik hamda gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Matbuot kotibining ta’kidlashicha, kecha nihoyatda uzun va sermazmun kun bo‘lgan. Biroq samolyot Toshkent sari yo‘l olar ekan, ish jarayoni to‘xtamaydi. 12 soatlik parvoz davomida birinchi bort tom ma’noda “havodagi shtab”ga aylanadi.

Parvoz chog‘ida davlat rahbari delegatsiya a’zolari bilan tashrif yakunlarini batafsil muhokama qiladi, telefon va videoaloqa orqali tarmoq idoralari hamda hududlar rahbarlari bilan muloqotlar o‘tkazadi. Shuningdek, yaqin istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va ustuvor rejalar ko‘rib chiqiladi.

Darhaqiqat, xalqaro maydondagi faol diplomatik muloqotlar mamlakat manfaatlarini ilgari surish, yangi sheriklik yo‘nalishlarini ochish va erishilgan kelishuvlarni tezkorlik bilan amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring