Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chimyonda ayanchli hodisa: bir norasida nobud bo‘ldi, akalari jarohatlandi

Chimyonda ayanchli hodisa: bir norasida nobud bo‘ldi, akalari jarohatlandi

Foto: IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi

2019-yilning 14-yanvar kuni Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘ida yashovchi fuqaro D.A.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Yong‘inni payqab qolgan qo‘shnilari uy egasining 2006 va 2015-yilda tug‘ilgan farzandlari hamda 2007-yilda tug‘ilgan jiyanini (o‘g‘il bolalar), yong‘in zonasidan kuyish tan jarohatlari bilan qutqarib, shifoxonaga olib ketilgan va shu davrda yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar berilgan.

Voqea joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilib, ular 7 daqiqa ichida yonayotgan xonadonga yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida uyning 100 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan yashash uyining 150 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan kuyish tan jarohatining og‘irligi sababli joriy yilning 15-yanvar kuni 2015-yilda tug‘ilgan A.D. vafot etgan. Yong‘inni taxminiy kelib chiqish sababi yosh bolalarni qarovsiz qoldirilishi va ularning ochiq olovdan foydalanishi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring