Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqda bank xodimi 1,3 mlrd so‘m omonatni talon-toroj qilib yubordi

Chirchiqda bank xodimi 1,3 mlrd so‘m omonatni talon-toroj qilib yubordi

Foto: Prokuratura departamenti

Chirchiq shahrida fuqarolarning omonatini talon-toroj qilgan bank xodimi fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda tijorat bankining BXM bo‘limi boshlig‘i O.R. 13 nafar fuqaroning omonat uchun topshirgan pullarini bank kassasiga kirim qilmasdan, go‘yoki pullar kirim qilinganligi haqidagi omonat hisobvaraqlariga soxta ma’lumotlar kiritib, 1,3 mlrd so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida ishga kiritib qo‘yishi evaziga pora olgan maktab direktori ushlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring