Tirkama uyga borib urilgan: IIBB Chirchiqdagi hodisani izohladi
Toshkent viloyatida avtomobil tirkamasi uzilib ketib, aholi xonadoniga borib urildi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Bugun, soat taxminan 16:00 larda Toshkent viloyati Chirchiq shahri Sadriddin Ayniy ko‘chasida, haydovchi (1977-y.t.),«Howo» rusumli yuk transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, avtoulovga ulangan yarim tirkama texnik sabablarga ko‘ra chiqib ketgan.
Shundan so‘ng tirkama yo‘l chetida joylashgan xonadonga borib urilishi natijasida to‘xtagan.
Hodisa sababli avtomobil yo‘lida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanib, aylanma yo‘llar orqali harakat tashkil etilgan. Voqeada fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Hozirda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan holat bartaraf etilib, avtomobillar harakati to‘liq tiklandi.
Xonadonga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi. Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Toshkent viloyati IIBB xabarida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter