Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chirchiqda elektr korxonasi muhandisi qo‘lga olindi

Chirchiqda elektr korxonasi muhandisi qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Ishlab chiqarish korxonasini elektr tarmog‘iga qayta ulab berishni va’da qilgan muhandis ushlandi.
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi, prokuratura va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahar elektr tarmoqlari korxonasi guruh muhandisi B.M. «C.B.» MChJga qarashli ishlab chiqarish korxonasini elektr tarmog‘iga qayta ulab berishi evaziga tadbirkor Sh.dan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring