Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Denovda 573,1 mln so‘mni «tuya qilgan» rahbar qo‘lga tushdi

Denovda 573,1 mln so‘mni «tuya qilgan» rahbar qo‘lga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, «D.V.» AJning marketing va savdo-sotiq masalalari bo‘yicha sobiq rahbari F.D. korxonaning jami 573,1 mln so‘m mablag‘ini ipoteka shartnomasi asosida olingan uy-joyiga to‘lov uchun hamda o‘ziga ish haqi sifatida o‘tkazib olishga erishib, ushbu mablag‘larni talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring