Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronda «baliq yomg‘iri» yog‘di (video)

Eronda «baliq yomg‘iri» yog‘di (video)

Videodan skrinshot

Eronda g‘ayriodatiy yomg‘ir yog‘di. Mamlakat markaziy qismida joylashgan Yasuj shahri ko‘chalariga osmondan baliqlar yog‘ildi.

«Baliq yomg‘iri»dan avval ozroq yomg‘ir tomchilagan. Keyin esa katta-katta baliqlar yog‘ishni boshlagan.

Hodisaga suv ombori ustida yuzaga kelgan tornado sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Tornado suvdagi baliqlarni o‘zi bilan olib ketib, bir necha kilometr narida yomg‘ir ko‘rinishida yerga qaytargan bo‘lishi aytilmoqda.

Videoda asfaltga tushgan baliqlarning ayrimlari tirik ekaniga guvoh bo‘lish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring