Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB Yunusobodda sodir bo‘lgan YTH haqida ma’lumot berdi

IIBB Yunusobodda sodir bo‘lgan YTH haqida ma’lumot berdi

Kecha, 18-yanvar kuni soat taxminan 19.00da Toshkent shahar Yunusobod tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumandagi Usta Shirin va Ahmad Donish ko‘chalari chorrahasida 18 yoshli haydovchi boshqaruvidagi «Kobalt» va 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi «Lasetti» o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelgan. Natijada «Kobalt» ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatda «Kobalt»dagi yo‘lovchi — 41 yoshli ayol tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan. Haydovchilar esa shikastlanishmagan.

Ushbu YTH yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda, deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring