Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuchli shamol «Ark» qal’asiga zarar yetkazdi (foto)

Kuchli shamol «Ark» qal’asiga zarar yetkazdi (foto)

Kuchli shamol va yomg‘ir ta’sirida «Ark» qal’asining «Muhammad Rahimxon mehmonxonasi» hovlisi hamda «Marosimxona» ayvonining tom qismi tunuka qoplamalari ko‘chib ketib, ob’yektning ichki hududiga kelib tushgan.

Voqea sodir bo‘lgan joyda Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi, Buxoro shahar Favqulotda vaziyatlar bo‘limi, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi hamda muzey-qo‘riqxona xodimlari tomonidan hamkorlikdagi tezkor chora-tadbirlar tashkil etilib, hududni tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

Ayni paytda, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazining usta-restavratorlari tomonidan zarar ko‘rgan tom qoplamalarini qayta ta’mirlash va tiklash ishlari boshlanib, yaqin kunlarda barcha nosozliklar to‘liq bartaraf etilishi ta’minlanadi.

Hozirda «Ark» qal’asi har doimgidek o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring