Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuchli shamol ikki viloyatga talafot keltirdi

Kuchli shamol ikki viloyatga talafot keltirdi

Kuchli shamol Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi ayrim elektr tarmoqlarida nosozliklar keltirib chiqardi.

Soat 07:30 holatiga ushbu hududlarda yuz berayotgan kuchli shamol ba’zi bir elektr qurilmalarida nosozliklarga sabab bo‘lgan.

Buning natijasida Samarqand viloyatida 457 MVt (114 ming 250 ta iste’molchi), Jizzax viloyatida esa 64 MVt (16 mingta iste’molchi) quvvat bilan elektr ta’minotida vaqtinchalik qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bosqichma-bosqich bartaraf qilinib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring