Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Liviyada qo‘sh terakt. Masjid yonida kuchli portlash

Liviyada qo‘sh terakt. Masjid yonida kuchli portlash

Foto: «libyaobserver.ly»

Liviya poytaxtida ikki terakt sodir etildi. Hozirda hech bir guruh terakt bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olganicha yo‘q. Bu haqda «Korrespondent» xabar berdi.

Liviya poytaxti Bengazida minalashtirilgan ikki avtomobil kichik vaqt oralig‘ida portladi, natijada kamida 33 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi. Ta’kidlanishicha, dastlabki portlash as-Salmoni markaziy tumanidagi masjid yaqinida sodir bo‘lgan.

Ikkinchi kuchli portlash ko‘chaning qarama-qarshi tomonida, taxminan 10-15 daqiqadan so‘ng, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash xizmati xodimlari voqea joyiga yetib kelishgandan keyin sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi portlash tez yordam mashinasiga ham zarar yetkazgan va oqibatda jabrlanuvchilar soni ortishiga sabab bo‘lgan.

Shifokorlarning aytishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring