Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda 777 raqami sohibining mashinasi olib qo‘yildi

Namanganda 777 raqami sohibining mashinasi olib qo‘yildi

777 raqam sohibining avtomashinasi topildi. Namanganda Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, sudning qaroriga ko‘ra da’vogar ATB «Kapitalbank» foydasiga javobgar D. M. dan kredit va uning foizlaridan 306 mln. so‘m undirish belgilangan.

Byuroning Chortoq tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davrida, qarzdor fuqaroga ixtiyoriy muddatda sud qarorida ko‘rsatilgan mablag‘ni to‘lab qo‘yish yuzasidan ogohlantirilgan.

Biroq, qarzdor majburiyatni bajarmagan. Shundan so‘ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdorga tegishli xorijda ishlab chiqarilgan avtotransport rusumi borligi aniqlangan.

Lekin D.M. qarzdorlik to‘lamasdan, avtomashinada harakatlanishni davom ettirgan.

Oxir oqibat bugungi o‘tkazilgan tadbir davomida KIA rusumli mashina topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring