Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bank boshlig‘i o‘marilgan pulga uy va «Malibu» sotib oldi

Bank boshlig‘i o‘marilgan pulga uy va «Malibu» sotib oldi

Foto: Xabar.uz

Bank kassasidan 1,5 mlrd so‘m o‘zlashtirib, uy va mashina sotib olgan ofis boshlig‘i aniqlandi.

Namangandagi tijorat bankining Yangiqo‘rg‘on bank xizmatlari ofisi boshlig‘i D.Sh. kassa xodimlari M.A. va O.T. ga filial kassasidagi 1,5 mlrd so‘mni go‘yoki Buvayda bank xizmatlari markaziga madad puli sifatida yuborishini aytib, hech qanday hujjatsiz olib chiqib ketgan va ushbu pullar hisobidan Chust tumani, «Guliston» MFY hududida qurilgan ko‘p qavatli uydan 3-xonali xonadon hamda «Malibu» rusumli avtotransport vositasini xarid qilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring