Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda yana portlash ovozi eshitildi. Bu «sirli» hodisalarga qachon rasmiy izoh beriladi?

Namanganda yana portlash ovozi eshitildi. Bu «sirli» hodisalarga qachon rasmiy izoh beriladi?

Foto: «Uza.uz»

Shu yilning 6-dekabr kuni tushlik vaqtida Namangan shahri va Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on, Uychi hamda Chortoq tumanlarida kuchli gumburlash ovozlari eshitilgandi. Avvaliga buning sababi Mingbuloqda neft qidirish ishlari bilan bog‘liq ekani haqida xabarlar tarqaldi.

Ammo «O‘zbekneftgaz» bu ma’lumotni tasdiqlamadi va aksincha, uni inkor qildi.

«Biz rasman mazkur ma’lumotning yolg‘on va asossiz ekanini bildiramiz. Hozirda «Mingbuloq» konida o‘zbekistonlik va xitoylik mutaxassislar shtat rejimida M-15 qudug‘ida ish olib borishmoqda. Shu munosabat bilan fuqarolarga ishonchli manbalarning ma’lumotiga e’tibor qaratishga, jurnalistlardan esa tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqatmaslik va aholini chalg‘itmaslikni so‘raymiz» — deya qayd etdi kompaniya.

Shunday qilib, kuchli gumburlashlarga nima sabab bo‘lganiga biror bir aniqlik kiritilmasdan qolib ketdi.

«Xabar.uz»ga namanganlik fuqarolarning murojaat qilishicha, bugun, 14-dekabr kuni Namanganda yana kuchli gumburlash eshitilgan. Bunday portlash ovozlari sababi nimada ekaniga haligacha rasmiy izoh berilmagani sabab, aholining xavotiri ortib bormoqda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring