Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliqdagi texnogen vaziyatni vazirlik o‘rganadi

Olmaliqdagi texnogen vaziyatni vazirlik o‘rganadi

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq Olmaliqda «Enter Engineering» kompaniyasining metall tayyorlash sexidagi (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulashi natijasida hindistonlik quruvchilarni tom bo‘sib qolgani xabar qilingandi.

Ushbu  baxtsiz hodisani maxsus tekshirish uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi hamda Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlaridan iborat tezkor ishchi guruh tashkil qilinib, vaziyat o‘rganilmoqda.

«Tekshirish yakunlari hamda voqeaning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, hodisa oqibatida uch nafar hindistonlik ishchi voqea joyida vafot etgani, 29 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgani qayd etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring