Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik tadbirkor xorijda vafot etdi

O‘zbekistonlik tadbirkor xorijda vafot etdi

Toshkent shahrida joylashgan «Kamolon osh» markazi asoschisi va rahbari Sa’dulla Saidov xorij safari vaqtida hayotdan ko‘z yumdi.

Kun.uz ma’lumotiga ko‘ra, Sa’dulla Saidov Tailandda safarda bo‘lgan. Jasad yaqin vaqt ichida Toshkentga olib kelinadi.

Sa’dulla Saidov  bank sohasi mutaxassisi bo‘lgan. U bir necha yil muqaddam «Kamolon osh» markazini ochib, qisqa vaqt ichida poytaxtda katta shuhrat qozongan.

Xabar.uz tadbirkorning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring