Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizginaning ayanchli o‘limi xabari keldi...

Qizginaning ayanchli o‘limi xabari keldi...

Kecha, 3 may kuni Chilonzor tumanining 5-mavzesida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.

55 yoshli enaga bolalar aravachasida 2023 yilda tug‘ilgan qizaloqni olib ketayotganida uni daraxt bosib qolgan. Qizcha hodisa joyida vafot etgan.

«Naqadar musibat... Endi ko‘zni quvnatib qadam tashlab qolgan farzandidan ayrilgan onaning, uni aravachada shu nuqtaga olib kelgan va aybsiz aybdorga aylanib qolgan enaganing holini tasavvur qilib bo‘lmas.

O‘zi bugun ertalab ishga ketayotib «Kvartalimiz juda serdaraxtda» degan xayol kechgandi. «Skver»da bir daraxtning katta shoxi sinib tushib, oppoq «Spark»ni pachoqlabdi. Ishda o‘tirsam qizginaning ayanchli o‘limi xabari keldi.

Qaytishda ko‘rib o‘tdim. Qurib bitayozgan ulkan daraxtni kesishga urinishgan, lekin ruxsat olisholmagan. Yana tagidagi quvur yorilgan, ustalar yonini kovlaganda atrofni to‘sishmagan. Ham ostidan suv sizib, ham yoni qazilgan daraxt og‘ib qulab ketgan va go‘dak til tortmay o‘lgan. Dahshatli silsila xullas...

Daraxt ham vaqtida butalmasa, kesilmasa potensial xavfga aylanishiga misollar ko‘p. O‘zi bizda qurib-chirigan daraxtlarni kesish bo‘yicha qandaydir tizim, nazorat bormi?», deb yozadi jurnalist Abror Zohidov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring