Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘ng‘irotda yosh yigit YPX mashinasi ustida «tomosha ko‘rsatdi»

Qo‘ng‘irotda yosh yigit YPX mashinasi ustida «tomosha ko‘rsatdi»

Skrinshot.

Shu yilning 25-yanvar kuni Qo‘ng‘irot tumani, Ipak yo‘li ko‘chasida ko‘rinishidan voyaga yetmagan bola yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga tegishli bo‘lgan  «Lacetti» xizmat avtomobilining ustiga chiqqan va uning mazkur xatti-harakatlari do‘sti tomonidan tasvirga olingan.

Videotasvir ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv olib borilganda, mazkur huquqbuzarlikni voyaga yetmagan, 2005 yilda tug‘ilgan B.T. sodir qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududiy profilaktika inspektori tomonidan to‘plangan hujjatlar voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman idoralararo komissiyasi tomonidan o‘rganilib, ushbu voyaga yetmagan bolaning otasi J.T.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) birinchi qismi tartibida BHMning bir baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring