Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ikki kishi «Audi» urib ketishi oqibatida vafot etdi

Samarqandda ikki kishi «Audi» urib ketishi oqibatida vafot etdi

Illyustrativ foto

Samarqand tumanida sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar piyoda vafot etdi.

Viloyat IIB axborot xizmati xabar qilishicha, 2023 yil 1 yanvar kuni soat 21:30 larda Samarqand tumani Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida haydovchi B.U. boshqaruvidagi «Audi» yo‘lga yugurib chiqqan ikki nafar piyodani urib yuborgan. YTH oqibatida piyodalar vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda«Neksiya-2» to‘rt kishini bosib ketgani va ularning barchasi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring