Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryodagi yong‘inda 83 yoshli fuqaro halok bo‘ldi

Sirdaryodagi yong‘inda 83 yoshli fuqaro halok bo‘ldi

2019-yil 6-mart kuni Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida  83 yoshli A.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda uyining pol qismi va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan. Uy ichidan  A.B.ning jasadi topildi.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring