Taqiqdagi yerni 9 mln dollarga pullagan yerfurushlar qo‘lga olindi
Toshkent shahrida yashovchi, 1953 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan ayol o‘zining 1982 y.t. tanishi bilan til biriktirib, Yunusobod tumanidagi tadbirkorlik sub’yektiga tegishli bo‘lgan, lekin, hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini xaridorga 9 mln AQSh dollariga sotishga kelishib, mansabdor tanishlari orqali barcha hujjatlarni tayyorlab, turar joy toifasiga o‘tkazib berish evaziga oldindan 200 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter