Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda 6 yil avvalgi mudhish qotillik jinoyati fosh etildi

Buxoroda 6 yil avvalgi mudhish qotillik jinoyati fosh etildi

2018 yilning apreli. Buxoro shahrining Turdi Farog‘iy ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in yuz bergan. Yong‘in bartaraf qilinganida esa xonadon mehmonxonasidan shu uyda yashagan fuqaroning jasadi tanasining turli joylarida jami 18 ta sanchilgan-kesilgan jarohatlar bilan topilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi, 173-moddasi 2-qismi «b,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘sha vaqtda prokuratura va ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat tergov tezkor guruhi shakllantirilib, bir qator tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan bo‘lsada, jinoyat fosh etilmay qolgan.

«Joriy yil boshidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida farmoyishi asosida o‘tgan yillarda sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha tezkor surishtiruv tadbirlarni tiklash va fosh etish bo‘yicha alohida chora tadbirlar belgilandi.

Ana shu jinoyat ishlari orasida yuqorida keltirilgan mudhish qotillik jinoyati ham mavjud bo‘lib, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ham viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs aniqlandi.

Ayblanuvchining ko‘rsatmalarini voqea joyida tekshirish tergov harakati hamda guvohlarning ko‘rsatmalariga asosan jinoyat sodir qilganlikda gumon qilingan shaxsning aybi to‘liq isbotlanib, jinoyat ishi yuzasidan to‘plangan hujjatlar jazoning muqarrarligini ta’minlash uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudiga yuborilgan», deyiladi Buxoro viloyati IIB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring