Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat ishida ko‘p yil ishlagan xodimlar uchun qo‘shimcha haq to‘lash tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Davlat ishida ko‘p yil ishlagan xodimlar uchun qo‘shimcha haq to‘lash tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Foto: «PressNews.uz»

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.

Loyihaga ko‘ra, davlat xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minoti tizimi takomillashtiriladi. Unga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 510,0 mlrd. so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga ish haqlarini bazaviy tarif stavkalari asosida to‘lashga o‘tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari faoliyati samaradorligi natijasidan kelib chiqib, rag‘batlantirish choralarini ko‘rish, davlat idoralarida ko‘p yillik xizmat qilgani uchun oylik ish haqiga ustamalar to‘lash tizimini qayta ko‘rib chiqish, davlat xizmatchilari uchun davlat uy-joy fondini shakllantirish va idoraviy uy-joylar qurish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Ushbu qaror loyihasi uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar mas’ul etib belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring