Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mehnat daftarchasini fuqaro sotib olishi kerakmi?

Mehnat daftarchasini fuqaro sotib olishi kerakmi?

Foto: «Sputnik»

Fuqarolar tomonidan mehnat daftarchalarini sotib olish taqiqlanadi.

Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma»ga ko‘ra, har bir korxona o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, lekin shtat jadvalida nazarda tutilgan xodimlar sonidan oshmagan holda, mehnat daftarchalari sotib olish huquqiga ega.

Mehnat daftarchalari va mehnat daftarchalariga qo‘shimcha varaqlar korxonalar tomonidan mahalliy mehnat organlaridan oldi-sotdi shartnomasi asosida sotib olinadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring