Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nega ayrim sportchilar jinoyat ko‘chasiga kirmoqda? (video)

Nega ayrim sportchilar jinoyat ko‘chasiga kirmoqda? (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

So‘nggi vaqtlarda yurtimizda sportchilar ishtirokida turli bezorilik, qononunbuzarlik hattoki o‘lim holatlarining ko‘payganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati tomonidan ayni shu mavzu «Kriminal» ko‘rsatuvi tayyorlandi.

Unda sportchilar ishtirokidagi bir qator ko‘ngilsizliklar, jumladan joriy yilning 17 avgust kuni Qarshi shahri markazida sportchi Elbek Rahimov bir guruh fuqarolar tomonidan kaltaklanib, o‘ldirilib ketishi haqida so‘z boradi.

Shuningdek, joriy yilning 18 iyun kuni Farg‘ona shahrida yuz bergan katta janjal haqida ma’lumot berilgan.

Qayd etilishicha, YTHdan so‘ng ikki mashina egalarining tarafdorlaridan iborat 20 nafarga yaqin yosh yigitlar Farg‘ona shahrida joylashgan «Taraqqiyot 2021» korxonasi hovlisida to‘plangan.

Janjal boshlangan vaqtda barcha ishtirokchilar IIV, DXX va Milliy gvardiya organlarning maxsus kuchlari tomonidan qo‘lga olinadi. Voqea joyidan sovu qurollar, pichoq va qilichlar va giyohvandlik vositalari topilgan.

Ushbu janjal ishtirokchilarining asosiy qismi yosh va baquvvat sportchi yigitlar bo‘lgan. Ularning 8 nafari protsessual tartibda ushlangan, 9 nafari 15 sutkalik ma’muriy qamoqqa olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar vazirligi sportchilarni o‘z kuchlarini ko‘chada ko‘rsatish orqali qonunlarni buzishdan tiyilishga chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring