Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Oqdaryo voqeasi» yuzasidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan

«Oqdaryo voqeasi» yuzasidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi «Qum ota buva» fermer xo‘jaligi dalasida bir ayolning qo‘llari qayirilib, yerga yuztuban yoqizgan holda tahqirlangani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz» portaliga mazkur holat yuzasidan nazorat o‘rnatilganini ma’lum qildi:

«2018-yil 4-dekabrda fuqaro F.U. tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida «Qum ota buva» fermer xo‘jaligi raisi Z.U.ning ukalari B.U. va I.U.lar «Qum ota buva» fermer xo‘jaligi dala maydonida uni haqoratlab, urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazib, qo‘llarini bog‘lab quyib, ushbu holatni o‘zlarining qo‘l telefoniga video tasvirga tushirishib, ushbu tasvirni unga berishib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib kelishayotganini bildirgan va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘rab, arizasiga CD-diskni ilova qilgan.

Ushbu CD-disk ko‘zdan kechirilganida, haqiqatdan unda dala maydonida, qorong‘u sharoitida fuqaro F.U.ni bir nafar shaxs unga jismoniy va ruhiy azob berib, haqoratlab, qiynayotganligi aks etgani ma’lum bo‘lgan.

Ushbu tasvir muqaddam IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan paytda taqdim qilinmagan va uning mavjudligi xususida hech bir ma’lumot berilmagan.

Mazkur fakt yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan tegishlicha nazorat o‘rnatildi.

2018-yil 25-dekabrdan Oqdaryo tuman IIB huzuridagi TB tomonidan F.U.ning arizasi yuzasidan JKning 110-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, tuman prokuraturasi tomonidan Oqdaryo tuman ma’muriy sudining 2018 yil 4 dekabrdagi qarori asossiz bo‘lganligi sababli, uni bekor qilib, ishni qo‘shimcha surishtiruvga qaytarish borasida 2018-yil 26-dekabrda Samarqand viloyat ma’muriy sudining kassatsiya instansiyasi sudlov hay’atiga protest kiritilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan!», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring