Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarzni qaytarmagan rahbarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qarzni qaytarmagan rahbarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzax shahrining «Zargarlik» mahallasida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilib, firibgarlikdan aziyat chekkanligini bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 28 may kuni Jizzax shahrining Ko‘tarma mahallasida yashovchi, mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari jabrlanuvchidan 1 oyda qaytarib berish sharti bilan 2 milliard 150 million so‘m pulini qarzga olgan.

Keyinchalik MChJ rahbari jabrlanuvchini korxonasining G‘allaorol tumani bo‘limiga rahbar etib tayinlashni va’da qilib, qarzni to‘lashni kechiktirgan. Pulini ololmagan fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring