Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sen menga tegma, men senga tegmayman»

«Sen menga tegma, men senga tegmayman»

Foto: «Notariusobolentseva»

Fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlarning o‘z ishiga qanchalik halol va vijdonan yondashayotganini aniqlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan muntazam ravishda «sirli mijoz» tadbirini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berdik.

Adliya xodimlari ishini xufyona o‘rganish natijasida bu tizimning 17 nafar xodimi ishdan bo‘shatilgan.

Vazirlik tomonidan «sirli mijoz» tadbirini hududiy adliya organlari tomonidan ham o‘tkazilishi topshirilgan. Biroq joylarda bunga panja orasidan qaralgan. Ya’ni «sen menga tegma, men senga tegmayman», qabilida.

Videokonferensaloqa tizimi orqali majlisda ishtirok etayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziridan bu borada qanday ish qilingani so‘raldi. Lekin ijobiy javob olinmadi. Unga birinchi chorak yakunigacha yuzta «sirli mijoz» tadbiri o‘tkazish topshirig‘i berildi, deb xabar berdi «O‘zA».

Buxoro, Surxondaryo adliya boshqarmalari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ham tanqid qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring