Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudlardagi boshqaruv xodimlari soniga o‘zgartirishlar kiritildi

Sudlardagi boshqaruv xodimlari soniga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentning 2018-yil 19-iyuldagi Farmoniga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

O‘zgartirishlar asosan sudlardagi boshqaruv xodimlari soniga aloqador bo‘lib, shuningdek tuman (shahar) ma’muriy sudlarining namunaviy tuzilmasi yangilangan.

Xususan, endilikda tuman (shahar) ma’muriy sudlari boshqaruv xodimlari soni 2-6 birlikni (oldin - 2-4 birlik), sudyalar soni 1-3 tani (oldin – 1-2 ta) tashkil etadi.

Shuningdek, tuman (shahar) ma’muriy sudlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 440 (oldin - 408) birlik, shundan sudyalar soni - 220 tani (oldin - 204 ta) tashkil etishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring