Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi sport turi eng foydali? Javobi yoqmasa bizdan o‘pkalamang (infografika)

Qaysi sport turi eng foydali? Javobi yoqmasa bizdan o‘pkalamang (infografika)

Foto: «blog.ligasports.ru»

Sport sog‘liq uchun foydami-yo‘qmi? Ilmiy hamjamiyat allaqachon bunday tortishuvlarni yig‘ishtirib qo‘ygan bo‘lsa-da, baribir qiziq: qaysi sport turi eng foydali? Yoki bo‘lmasa savolni boshqacharoq qo‘yamiz: sport umrni uzaytiradimi?

Ana shu savol Sidney universiteti olimlarini ham qiziqtirib qo‘ydi. Ular Buyuk Britaniya ijtimoiy xizmatlarining 1994 — 2006-yillar oralig‘idagi arxivlarini titkilab, sport bilan shug‘ullangan 80 ming nafar keksalarning ma’lumotlarini o‘rganishdi.

Xo‘sh, farqni topishdimi? Albatta. Sidney universiteti professori Emmanuel Stamatakis javob beradi: «Tadqiqotlarimiz ko‘rsatyaptiki, sizning sport bilan ko‘p vaqt va muntazam shug‘ullanishingizdan tashqari, qaysi sport turini tanlashingiz ham muhim ekan”.

Qizig‘i, raketkali sport turlari (tennis, badminton, skvosh) o‘lim xavfini 47 foizga kamaytirarkan. «Hayot-mamot» kurashida boshqa sport turlarining o‘rni qanday — bu bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Infografika: «Xabar.uz»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring