Bugun O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 22-27 daraja, janubda 32 darajagacha bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-27 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20 daraja bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter