Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholining daromadi qanchaga oshadi?

Aholining daromadi qanchaga oshadi?

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining soni 2018-yilda 2017-yilga nisbatan qariyb 3000 taga oshdi. Tadbirkorlar ishtirokida Termiz shahri va Denov tumanida bo‘lib o‘tgan seminarda shu haqda ma’lumot berildi.

Surxondaryo viloyat DSB Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi xabar berishicha, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Turabov, Surxondaryo viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari T.Bobolov va boshqalar ishtirok etdi.

Foto: Surxondaryo viloyat DSB Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi

— Soliq islohotlari konsepsiyasiga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan boshlab o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha tovar oboroti 1 milliard so‘mdan oshgan va yil davomida chegaraviy miqdorga yetgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tkazilmoqda, — deydi Surxondaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi «Kameral nazorat» bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Tog‘ayev. — Shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasining 5 foizdan 2 foizga pasaytirilishi natijasida joriy yilda viloyatimizdagi korxonalar ixtiyorida 20.1 mlrd. so‘m, bundan tashqari tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lovi stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirilishi natijasida 10.7 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘lar qolishi kutilmoqda.

«Sherjon-Bunyodkor» MChJ buxgalteri Shamshod Nuriyev ta’kidlashicha, korxonada 878 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritadi. O‘tgan yilning 11 oyi davomida ishchilarga hisoblangan ish haqidan 25 foizlik stavkada 1 mlrd 883 million so‘m miqdorida yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan. Konsepsiyaga asosan soliq stavkasining 25 foizdan 12 foizga tushirilishi natijasida joriy yilning 11 oyida 903 million 920 ming so‘m yagona ijtimoiy to‘lov hisoblanishi, korxona ixtiyorida 979 million so‘m mablag‘ qolishi kutilmoqda.

Soliq stavkalarining pasaytirilishi nafaqat tadbirkorlik sub’yektlari, balki fuqarolarning daromadlari oshishiga ham xizmat qilmoqda, deyiladi xabarda.

Masalan, fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan 8 foizli sug‘urta badalining bekor qilinishi natijasida viloyatda fuqarolarning qo‘lga oladigan ish haqlari summasi joriy yilda 29.9 mlrd so‘mga ko‘payishi kutilmoqda.                                          

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring