Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Markaziy banki 6-noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan yana qimmatladi: +13.10 so‘mga oshib, 1 AQSh dollari qiymati 8249.97 so‘mga yetdi.

Yevro kursi esa ushbu haftada +1.73 so‘mga oshdi va 9392.59 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli o‘tgan haftaga nisbatan -0.52 so‘mga pasayib, 124.67 so‘m etib belgilandi.

Ma’lumot uchun: respublika tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollarning xarid kursi o‘rtacha 8220 so‘m, sotish kursi 8300 so‘mga teng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring