Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi tezlashtiriladi

O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi tezlashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyaning Jeneva shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Shu vaqtga qadar tashrif kun tartibi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xususan, 2023 yil 14 mart kuni Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish masalalari, jumladan, joriy yilning 14-15 mart kunlari Ishchi guruhning 6-yig‘ilishini o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mamlakatimizning tashkilotga a’zo bo‘lishini jadallashtirish maqsadida JSTga a’zo barcha davlatlar bilan tovar va xizmatlar bozorlariga kirib borish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralarni faollashtirish va ularning yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnomalarni imzolash zarurligi qayd etildi.

JST Bosh direktori O‘zbekiston hukumatining JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasidagi sa’y-harakatlarini, shu jumladan, yirik a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar olib borayotganini olqishladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning faol tashabbuskorligi tufayli tashkilot bilan hamkorlik ijobiy dinamikaga ega bo‘ldi.

Ayni paytda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Ikki kun davomida bo‘lib o‘tadigan mazkur yig‘ilishda respublika savdo rejimining barcha jihatlariga taalluqli 10 dan ortiq yangi hujjatlar ko‘rib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring