Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning nufuzli ofis loyihasi Trilliant – topshirilishga tayyor kadastrli ofislar!

O‘zbekistonning nufuzli ofis loyihasi Trilliant – topshirilishga tayyor kadastrli ofislar!

Ofis, mehmonxona, restoran va umumiy ovqatlanish joylarini birlashtirgan O‘zbekistondagi birinchi A+ Business Park Trilliant ofislarni ijaraga berish davom etar ekan, sotuvdagi ofislar kadastr bilan birga topshiriladi!

Toshkent markazidagi noyob joylashuvi va tarixiy me’moriy xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan xalqaro standartlardagi Trilliant loyihasida ofislar foydalanishga topshirish bosqichiga keldi. 14 va 17 qavatli ikki ofis minorasi, 17 qavatli mehmonxona minorasi, kongress markazi, restoran va kafelarni o‘zida jamlagan Business Park, bu ijtimoiy hayot va biznes olami nuqtai nazaridan Toshkentning yangi diqqatga sazovor, jozibador markazi bo‘ladi.

Trilliant loyihasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik mehmonxona tarmoqlaridan biri bo‘lgan Tashkent shahridagi Intercontinental Hotels xorijdan kelgan IHG mutaxassislari jamoasi tomonidan ishchilarni o‘qitishni yakunlab, birinchi mehmonlarni kutib olishga kirishdi. 16-qavatdagi Ember restorani, sport zal va SPA ochilishi loyihada ofis hayoti va ijtimoiy hayotning sezilarli darajada jonlanishini ta’minlay boshladi.

Sotib olish va ijaraga olish uchun katta talab mavjud.

Nufuzli loyihada binoning qurilish jabhasi nihoyasiga yetkazilgani ko‘rinib turgan bo‘lsa-da, loyiha atrofidagi to‘siqlarning olib tashlanishi bilan obodonlashtirish ishlari boshlangani e’tiborni tortadi. 2023 yil yanvar oyidan boshlab topshirish boshlangan Trilliantda 17 qavatli ofis minorasi sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa, 14 qavatli ofis minorasi ijara uchun ochildi. Rasmiylar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Sotuvga taqdim etilgan 17 qavatli ofis minorasi milliy va xalqaro biznes dunyosi tarafidan yuqori talabga ega bo‘lib, bugungi kunga kelib uning 70 % sotilgan», boshqa tomondan, ijaraga ochilgan 14 qavatli ofis minorasi uchun ko‘plab xalqaro firmalar bilan ijara muzokaralari olib borilayotgani bildirildi. Sotilgan ofislar kadastr bilan topshirilmoqda.

Trilliant loyihasida jami 15.795 metr kvadrat ofis maydoni ijaraga berish uchun ochilgan. Ijara uchun ochilgan 14 qavatli ofis minorasida 141 ta A toifali ofislar mavjud bo‘lib, ijaraga berish faqat Trilliant savdo ofisi tomonidan amalga oshiriladi. Ijaraga beriladigan ofislar 67 metr kvadratdan 1460 metr kvadratgacha bo‘lib ofislar qora suvoq holatida topshiriladi. Loyihadan ofislarni ijaraga olgan kompaniyalar ofislarini olishlari bilanoq pardozlash ishlarini boshlashlari mumkin.

Xalqaro standartlarga muvofiq ofis loyihasi

Xalqaro standartlarga ega ofis, mehmonxona va ijtimoiy hayot majmuasi sifatida hayotga tatbiq etilgan Trilliant, ofis aholisi uchun sog‘lom va qulay muhit yaratishni maqsad qilgan. Loyiha, majlis xonalari bo‘lgan kongress markazi va dunyoga mashhur hashamatli brendlar joylashgan xiyobon bilan barcha xodimlarning va mexmonlarning ehtiyojlarini qondiradigan tarzda tashkillashtirilmoqda. Loyiha hududida joylashgan restoran va kafelar o‘z mehmonlariga jahon oshxonasi taomlarini taqdim etadi.

Trilliant xalqaro standartlarga javob beradigan, O‘zbekiston biznes dunyosining kelajakdagi ehtiyojlarini va ofisning barcha talablarini hisobga olgan holda barpo etildi. Kunduzgi yorug‘likdan maksimal samaraga ega bo‘lgan jihati, ochiladigan derazalari, 4,38 m. shift balandligi, 1,5 soniyada qavatni o‘zgartiradıgan Otis markali lift va ko‘plab innovatsion xususiyatlarga ega ishlash va motivatsiyaga yo‘naltirilgan arxitekturaga ega Trilliant taqdim etilayotgan imtiyozli xalqaro tajriba bilan hashamatning haqiqiy ta’rifini ochib beradi.

Zamonaviy texnologiya, barqaror infratuzilma

Trilliant barqarorlik sohasida dunyoda qabul qilingan eng yuqori xalqaro akkreditatsiyalardan biri bo‘lgan LEED Gold sertifikati talablariga muvofiq ishlab chiqilgan. Eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan va mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan ofis minorasi zamonaviy barqarorlik standartlariga javob bergan holda aqlli bino modeli bilan hayotga tadbiq etiladi. O‘zbekistondagi birinchi LEED Gold guvohnomali loyiha bo‘lishga nomzod Trilliant, kam energiya quvvati iste’moli, barqaror landshaft maydoni, avtomobil zaryadlash stansiyalari, qayta ishlash moslamalari, chiqindilarni boshqarish tizimlari va aqlli shamollatish texnologiyasi bilan tabiiy resurslardan samarali foydalanadi va ayni paytda operatsion xarajatlarni kamaytiradi.

Barcha xususiyatlari bilan O‘zbekiston biznes dunyosining qutb yulduzi bo‘ladigan Trilliant’da o‘z o‘rningizni egallash uchun savdo ofisiga tashrif buyurishingiz yoki loyiha mutasaddilari bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Murojat uchun:

Tel: +998 71 205 59 95
e-mail: info@trillianttashkent.uz
Facebook: fb.com/trilliant.uz
Instagram: Instagram.com/trilliant.uz
Telegram: t.me/trilliant_uzb

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring