Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning xorijga avtomobil eksporti miqdori oshdi

O‘zbekistonning xorijga avtomobil eksporti miqdori oshdi

Foto:«Xabar.uz»

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 134,9 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 84,6 mln. AQSh dollariga oshgan.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Qozog‘iston – 127,1 mln.
- Afg‘oniston – 2,7 mln.
- Ukraina – 2,3 mln.
- Qirg‘iz R. – 1,0 mln.
- Rossiya – 955,9 ming
- Ozarbayjon – 444,7 ming
- Tojikiston – 339,1 ming AQSh dollari

2021-yilning may oyida xorijiy davlatlarga qiymati 22,5 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring