Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand viloyatiga 140 milliard so‘mlik imtiyozli kredit ajratiladi

Samarqand viloyatiga 140 milliard so‘mlik imtiyozli kredit ajratiladi

Foto: «Xabar.uz»

26-avgust kuni Samarqand shahrida Prezidentimizning 2018-yil 7-iyundagi «Har bir oila – tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.Nurmuratov, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov dasturni amalga oshirishda mahalliy hokimliklar, sektorlar rahbarlari va banklar oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritgan.

Dastur asosida Samarqand viloyatiga 140 milliard so‘mlik imtiyozli, ya’ni 7 foizli kredit mablag‘lari ajratilishi belgilangan. Kredit ajratishda ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berish, soxta ma’lumotlar va son ortidan quvish o‘rniga ish sifatida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Kreditni undan foydalana oladigan, bunga ehtiyoji bor oilalarga berish, imkon qadar ko‘proq kishilar bandligini ta’minlash va oila farovonligini oshirishga yo‘naltirish zarurligi qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring