Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tabiiy gaz va neft ishlab chiqarish kamaymoqda

Tabiiy gaz va neft ishlab chiqarish kamaymoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 15,8 mlrd metr kub tabiiy gaz, 261,9 ming tonna neft va 1,6 mln tonna ko‘mir ishlab chiqarildi.

Shu davrda avtomobil benzini ishlab chiqarish 502,2 ming tonnani, dizel yoqilg‘isi esa 476,4 ming tonnani tashkil etdi. Shuningdek, portlandsement ishlab chiqarish hajmi 8,2 mln tonnaga yetdi.

To‘qimachilik va oziq-ovqat sanoatida ham ishlab chiqarish davom etdi. Besh oyda 317,1 ming tonna ip kalava hamda 630,4 ming tonna yumshoq bug‘doy va spelta uni ishlab chiqarildi.

2025-yilning shu davriga nisbatan avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish 94 257 tadan 103 293 tagacha ko‘paydi. Avtomobil benzini hajmi ham 492,4 ming tonnadan 502,2 ming tonnaga oshdi.

Dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish izchil o‘sib, 442 ming tonnadan 476,4 ming tonnaga yetdi. Portlandsement ishlab chiqarish ham 7,8 mln tonnadan 8,2 mln tonnaga ko‘tarildi.

Ayni paytda ayrim strategik mahsulotlar bo‘yicha pasayish kuzatildi. Ko‘mir ishlab chiqarish 2,5 mln tonnadan 1,6 mln tonnaga, neft 270,8 ming tonnadan 261,9 ming tonnaga tushdi. Tabiiy gaz hajmi 18,4 mlrd metr kubdan 15,8 mlrd metr kubga, gaz kondensati esa 482,1 ming tonnadan 391,7 ming tonnaga qisqardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring